Biznesni boshqarayotganlarda — xoh bu yirik kompaniya bo‘lsin, xoh startap — muayyan ish tamoyillari va ishlanmalar bor. Ehtimol, ularda kompaniya o‘zining tashrif qog‘oziga aylantirgan mijozlar bilan ishlash metodikasi ham mavjuddir. Bu bozorda raqobatbardosh ustuvorlikni beradigan bilim va ko‘nikmalar majmuidir.

Misol uchun, kimdir qahvaxonalar tarmog‘ini boshqaradi va undan franshizani boshqa hududdagi tadbirkorlar xarid qilmoqda. Rahbarning maqsadi — barcha yangi qahvaxonalarda xizmat ko‘rsatish va biznesni yuritishning yagona standartlariga amal qilinishini ta’minlashdan iborat. Natijada har bir inson istalgan shahardagi kafega kirib, o‘zi o‘rgangan xizmat ko‘rsatish sifatiga muyassar bo‘lishi mumkin.

Biznesni rivojlantirish uchun xodimlarga o‘rgatilishi kerak bo‘lgan qoidalar va bilimlarni tizimlashtirishga yordam beradigan vosita kerak.

Bu esa korporativ ta’limni taqozo etadi. Yaqin vaqtgacha u hamma joyda kunduzgi shaklda o‘qitilgan edi: xodimlar yangi kelganlarni o‘zlari o‘qitishgan yoki kompaniya biznes bo‘yicha maxsus trenerlarni yollashgan. Biroq, birinchisi ham, ikkinchisi ham — xarajatli.

Shuning uchun so‘nggi besh yil ichida kompaniyalar kunduzgi o‘qitish shaklidan sekin-sekin voz kechishmoqda. Uning o‘rniga onlayn-ta’lim kirib kelmoqda, bu esa onlayn texnologiyalarni qo‘llagan holda masofadan o‘qitish orqali amalga oshiriladi.

iSpring kompaniyasi eksperti Ilya Kedrovskiy korporativ onlayn-ta’lim hal qilishga yordam beradigan bir nechta vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Dolzarb bilimlarni «qadoqlash»

Agar kompaniya onlayn-ta’lim platformasidan foydalansa, demak uning bilim va algoritmlari raqamlashtirilgan va xodimlar ulardan istalgan vaqtda foydalana oladi. Just in time learning (bilim olish vaqti) deb nomlangan trend bor.

Deylik, xodim oldida yangi vazifa yoki muammo turibdi. U hamkasblarini ishdan chalg‘itishi, yordam so‘rashi mumkin yoki platformaga kirib, ushbu vazifani qanday bajarish kerakligi bo‘yicha yo‘riqnomani topishi va uni mustaqil bajarishi mumkin.

Masalan, bitta yirik chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi kompaniya o‘zining savdo vakillari uchun ko‘rsatmalar shakllantirdi. Bunda odam do‘konga kelganida ilovaga kirib, o‘zi amalga oshirishi kerak bo‘lgan har bir qadamni ko‘rib turadi. Birinchi qadam — «Mahsulotshunoc bilan tanishing» va tartib bo‘yicha keyingi amallarni bajaring. Bunday ta’limning texnologik yechimlariga talablar bor: ular vaqtni tejashga yordam beradi, xodimlar esa amaliyotda tajriba orttiradi.

Ta’lim kontentini mustaqil shakllantirish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu vazifani osonlashtiradigan vositalar ko‘p. Masalan, iSpring Suite konstruktori interfaol elementlar va sifatli dizaynga ega bo‘lgan to‘la onlayn-kursni bazaviy kompyuter savodxonligiga ega bo‘lgan har bir inson o‘rgana olish imkonini beradi.

O‘qitish xarajatlarini tejash

Agar kompaniyada avval korporativ ta’lim bo‘lmagan bo‘lsa, unda uning joriy etilishi — bu, albatta, qo‘shimcha xarajat hisoblanadi. Ammo kelgusida bu rahbarga yangi xodimlarni yollashda tejamkorlikka erishish imkonini yaratadi.

iSpring`ning rossiyalik mijozi amaliyotidan misol: unda bir nafar xodimni yollash xarajati bir necha ming rublni tashkil qilgan — ular trenerga, xona ijarasiga to‘lashgan. Onlayn-ta’lim uchun platforma yaratilganidan so‘ng bu yollash narxi bir xodim uchun 179 rublgacha tushdi.

Agar kompaniya kunduzgi korporativ ta’limni qo‘llasa, unda onlayn-ta’limga o‘tish xodimlarni ommaviy tayyorlash uchun sarflanadigan mablag‘larni 80 foizgacha tejashga yordam beradi.

Biznesni kengaytirish

Agar kompaniya yangi bo‘linmalarni ochsa, bozorga yangi mahsulotlarni olib chiqsa yoki xodimlar sonini oshirsa, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qadamlardan biri — bu yangi xodimlarni moslashtirishdir. Zero ular mehnat bozoridan kelganligi bois kompaniyangiz, uning qadriyatlari haqida hech qanday tasavvurga ega emas, ichki tartib-qoidalar bilan tanishmagan.

Standart HR-jarayonlar — bu biznesning kontekstiga yangi insonni qamrab olish, uni mahsulotlar bilan tanishtirish, kompaniyada ishlash qoidalarini tushuntirishdir. Shu tariqa inson korporativ madaniyatga oson sho‘ng‘ib, samarali ishlay boshlaydi. Agar kompaniyaga faqat bitta yangi inson kelsa, uni kunduzgi shaklda o‘qitsa ham bo‘ladi. Lekin kompaniya yirik bo‘lsa va u yuzlab yangi xodimlarni yollasa, ularga kerakli ma’lumotni to‘la hajmda imkon qadar tezroq yetkazish va ular uni qanday o‘zlashtirganini tekshirib turish kerak.

Onlayn-ta’limda rahbarlar yuzlab xodimlarga kirish kursini o‘qishi va imtihonlarni o‘tkazishi kerak emas. Buning uchun ular ilovani yuklab, kirish kurslarini o‘tishi va yakunda testlarni bajarishi mumkin.

Yagona standartlarni joriy etish

Odamlarga yirik tarmoq do‘konlari va restoranlar yoqadi, chunki ular u yerdagi xizmat ko‘rsatish sifati bilan yaxshi tanish. Filiallar qaysi shahar yoki mamlakatda joylashmasin, ulardagi xizmat ko‘rsatish darajasi deyarli bir xil bo‘ladi. Agar biznes kengaysa va uning filiallari ko‘p bo‘lsa, har bir do‘kon yoki restorandagi xodimlar bir xil standart bo‘yicha ishlashiga qanday erishsa bo‘ladi?

Onlayn kurslar — bu tarmoqning barcha xodimlarini aniq va tezkorlik bilan yuqori samaradorlikda o‘qitish, o‘zgarishlar va yangiliklar haqida muntazam gapirib borish, olingan ma’lumotlarni qanday egallanganligini tekshirish usuli. Boshlanishiga dizayni soddaroq bo‘lgan onlayn-kursni tanlash mumkin. Zero u biznesga qo‘yilgan maqsadlarga tezroq erishish uchun oddiyroq bo‘lsin. Bu slaydga 100 betli hujjatni joylashtirish mumkin degani emas. Bu yerda pedagogik dizayn qoidalarini bilish maqsadga muvofiq. Onlayn-kurslarni yaratishda mutaxassisga aylanish uchun iSpring akademiyasida ikki oy o‘qish yetarlidir.

Kadrlar zaxirasini yaratish

Ko‘pincha kompaniya boshqaruv lavozimlarga xodimlarni topishga qiynaladi, chunki bu kompaniyaning qadriyatlarini tushunadigan va jamoa bilan ishlay oladigan ma’lum bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lgan shaxs bo‘lishi lozim. Biznesga kompaniya ichida xodimlarni «ulg‘aytirish» ancha osonroq va xavfsizroq hisoblanadi, chunki ular ish beruvchiga «ko‘chadan kelgan» odamga qaraganda ko‘proq ishonadi.

Agar rahbar bo‘lajak top-menejer qanday ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lishi kerakligini tushunsa, bu malakalarni egallashni xodimni rivojlantirish strategiyasiga kiritsa bo‘ladi. Onlayn ta’lim platformasi yordamida batafsil statistikani shakllantirsa bo‘ladi: xodimlar ta’lim olishni qanday uddalayotganini bilish va eng yaxshi nomzodlarni tanlash mumkin.

Xodimlar ishonchini oshirish

HR`ning vazifasi — insonni shunchaki yollash emas, balki kompaniyada o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish, imkon qadar samarali ishlashni o‘rganish va iloji boricha uzoq yillar ishlash. Shuning uchun yangi xodim ishni boshlayotganda o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi, kompaniyada «o‘sishni» davom ettirishi, o‘z zimmasiga ko‘proq vazifani olishi juda muhim. Onlayn ta’lim uchun mo‘ljallangan platforma yordamida xodimlarni o‘qitish trayektoriyasini belgilab olish lozim.

Masalan, kirish welcome kurslaridan so‘ng ular biznes maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Agar xodimning lavozimi oshsa yoki u boshqa bo‘limga o‘tsa, platforma unga o‘z xizmat vazifalarini oydinlashtirib olishi uchun o‘tishi kerak bo‘lgan kurslardan foydalanish imkonini yaratadi.

Ba’zi kompaniyalar xodimga kurslarni mustaqil tanlash va ta’limning o‘z trayektoriyasini tuzish imkonini beradi. Keyinchalik uning qiziqish va ko‘nikmalaridan kelib chiqib, unga karerani davom ettirishning har xil variantlari taqdim etiladi.

Korporativ onlayn-ta’lim haqida ko‘proq ma’lumotga iSpring saytida ega bo‘lsa bo‘ladi.

Reklama huquqlari asosida.