Bundan 5 yil muqaddam 2017 yil so’ngida jahon standarti sertifikatiga ega tibbiyot markazi AKFA Medline o‘z faoliyatini boshladi.

Mana 5 yildirki, AKFA Medline o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi — O‘zbekiston fuqarolari va mehmonlari salomatligini tiklash, oshirish va saqlash yo’lida shaxdam qadamlar bilan ilgarilab bormoqda. Sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan talablarning muntazam ravishda oshib borishi, yurtdoshlarning va chet el fuqarolarining AKFA Medline`ga ko‘rsatgan ishonchi naqadar yuksak ekanligining yorqin isboti bo‘la oladi.

AKFA Medline`ning 5 yillik qisqa muddatli faoliyati davomida erishgan eng asosiy yutuqlari:

  • 32 050 ga yaqin yuqori texnologik va murakkab amaliyotlar amalga oshirildi;
  • 550 000 ga yaqin bemorlar shifo topdi;
  • 2 300 700 ga yaqin radiologik diagnostika tekshiruvlari o‘tkazildi;
  • 2 000 000 ga yaqin laborator tekshiruvlar va eng asosiysi millionlab minnatdor qalblar.

Bundan tashqari, tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsoni bor kam ta’minlangan, ehtiyojmand oila farzandlari uchun 300 dan ortiq bepul jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

Yuqoridagi raqamlar zamirida minglab tibbiyot xodimlarining mehnati, yuz minglab bemorlarning minnatdorligi va shifo topayotganlarning millionlab yaqinlari xursandchiligi yotibdi.

Bugun, tibbiyot markazining 5 yilligida, professional jamoa bilan o‘z oldiga yanada katta yutuqlarga erishishni maqsad qilib qo‘ydi: savobli ishlar bardavomligi sifatida xayriya aksiyalarini ko‘paytirib, yanada ko‘proq insonlar hayotini saqlab qolish, respublikadagi sog’liqni saqlash tizimini jahon miqyosiga olib chiqishga hissa qo‘shish shular jumlasidandir.

Faqatgina, sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz va ishonchingiz bilangina AKFA Medline o‘z orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqara oladi.

Facebook: fb.com/akfamedline
Instagram: @akfamedline
Telegram: t.me/akfamedline_uz

Reklama huquqlari asosida.