Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berishicha, 30 noyabr kuni soat 00:50 lar atrofida Toshkent shahar Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov, tumanning «G‘alaba» mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib boradi.

Ma’lum bo‘lishicha, xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga muqaddam sudlangan, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Z. tajovuz qilib, voqea joyidan yashirinadi.

N.Bobomurotov hodisa joyida vafot etgan. Xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.