Davlat aktivlarini boshqarish agentligida binosida quvvati 200 kVt/s bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Mazkur quyosh elektr stansiyasi yiliga 480 ming kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda agentlik binosini kunduz kuni elektr energiya bilan to‘liq ta’minlaydi.

Ushbu maqsadlarda 408 ta quyosh elektr panellari hamda 6 ta 200 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi. Shu bilan birga, ehtiyojdan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.


Ushbu stansiya 2022 yil 10 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan o‘rnatildi.

Shuningdek, agentlik binosining yo‘lak, zinapoya va sanuzel qismlarida 107 ta sensorli harakat detektorlari orqali ishlaydigan 286 ta energiya tejamkor lampa o‘rnatilgan. Bu, o‘z o‘rnida, elektr energiyasi tejamkorligini bir necha baravar oshirmoqda.

Telegram: t.me/DAVAKTIVUZ
Facebook: fb.com/davaktiv.uz
Instagram: @davaktiv.uz
YouTube: Davaktivuz

Reklama huquqlari asosida.