30 noyabr — 3 dekabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Lodz (Polsha) shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda YeXHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va tashkilot faoliyatining ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.