22 noyabr kuni Parijdagi Yelisey saroyida Shavkat Mirziyoyev va Fransiya davlat rahbari Emmanuel Makron muzokara o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdi va munosabatlarni rivojlantirishga kelishib oldi.

Bu yil ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanmoqda. Tomonlar aloqalar jadal rivojlanib borayotgani, keng siyosiy muloqot chuqurlashib, xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlar o‘zaro ko‘maklashayotgani, parlamentlararo muloqot kengayganini qayd etdi.

Tashrif arafasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlik tadbirlarining yakunlari, ularning doirasida umumiy qiymati 6 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan savdo-iqtisodiy bitim va shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, tomonlar Samarqandda Fransiya alyansining bo‘linmasi ochilishini qo‘llab-quvvatladilar hamda joriy yil 27−28 noyabr kunlari Parijda ikkinchi O‘zbekiston-Fransiya ta’lim forumining o‘tkazilishi masalasiga ham tg‘talib o‘tdi. Fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi. Yakunda Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga borishga taklif qildi.

Foto