21−22 oktabr kunlari Toshkent shahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida to‘rtinchi TAF!22 Toshkent reklama festivali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ko‘plab kompaniyalar va media agentliklari o‘zlarining reklama ishlari bilan ushbu festivalda ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda maishiy texnika va uy uchun mahsulotlarni muddatli to‘lovga sotish bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchi brendlardan biri bo‘lgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i ham o‘zining kreativ reklamalari bilan ushbu festivalda qatnashdi va festivalning ko‘plab mukofotlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.


Beshta nominatsiyada o‘z ishlari bilan ishtirok etgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i bitta platinum, oltita oltin, uchta bronza va «2022 yil Eng yaxshi reklama beruvchisi» hamda «2022 yilda faol rivojlanayotgan nooziq-ovqat riteyli» maxsus mukofotlarini qo‘lga kiritdi:

  • rebrending yo‘nalishi bo‘yicha ekspertlar hay’ati tanlovi bo‘yicha eng yuqori platina mukofoti, iste’molchilar tanlovi bo‘yicha bronza mukofoti;
  • mavsumiy reklama kampaniyasi uchun ekspertlar hay’ati tanlovi bo‘yicha oltin mukofoti, iste’molchilar tanlovi bo‘yicha oltin mukofoti;
  • milliy qadriyatlar qo‘llanilgan kampaniya uchun ekspertlar hay’ati tanlovi bo‘yicha oltin mukofoti, iste’molchilar tanlovi bo‘yicha oltin mukofoti;
  • bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya uchun iste’molchilar tanlovi bo‘yicha oltin va bronza mukofotlari;
  • integratsiyalangan kampaniya uchun ekspertlar hay’ati tanlovi bo‘yicha oltin mukofoti, iste’molchilar tanlovi bo‘yicha bronza mukofoti;
  • «O‘zbekistonda 2022 yildagi eng faol rivojlanayotgan nooziq-ovqat riteyli» unvoni;
  • «Yilning eng yaxshi reklama beruvchisi» unvoni.


ISHONCH do‘konlar tarmog‘i so‘nggi yillarda brendni yanada rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Misol tariqasida kompaniya rebrendingi Depot brend agentligi tomonidan amalga oshirilgan. Bundan tashqari har bir katta reklama kampaniyalari uchun ssenariy ishlab chiqish va tasvirga olish ishlari uchun chet ellik mutaxassislar jalb qilindi hamda O‘zbekistondagi o‘z sohasining yetakchilaridan biri bo‘lgan videoprodakshn va kreativ agentliklar bilan ish olib borildi va qilingan mehnatlar natijasida yuqoridagi sanab o‘tilgan yutuqlar qo‘lga kiritildi.


«2021 yil brendi» mukofoti g‘olibi hamda 2021 yil nooziq-ovqat tovarlari mintaqaviy riteylerlari yetakchisi bo‘lgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i o‘z faoliyatini 2010 yilda, Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida birinchi do‘konini ochishdan boshlagan bo‘lib, bugungi kunga kelib kompaniyaning O‘zbekiston bo‘ylab 65 ta savdo do‘konlari aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.


Kompaniyaning asosiy maqsadi — aholining turmush tarzini yanada yaxshilashga, qulayliklar yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu kompaniya faoliyatida o‘z aksini topgan. Insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ular uchun qulayliklar yaratishni o‘zining ustuvor vazifasi sifatida belgilagan ISHONCH kompaniyasi iste’molchilar orasida obro‘ va e’tibor qozonib, bu shubhasiz ularning tanlovida aks etgan.


Festivalda ishtirok etish uchun topshirilgan reklama ishlarini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: ISHONCH-yutuqlari

Batafsil ma’lumot uchun telefon: (+998) 73−515−22−22.

Telegram: t.me/ishonchsavdo, t.me/ishonchadmin 1
Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz
Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz
YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama huquqlari asosida.