Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. Husnutdin Xosilov ogohlantirildi.
Bu prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida qayd etilgan, deb xabar berdi prezident Administratsiyasiga yaqin bo‘lgan Nigoh Telegram-kanali.
Bundan tashqari, ogohlantirish olganlar orasida yana Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qaxraman Sariyev, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ham bor.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Hujjatga ko‘ra, ular davlat organlari va tashkilotlari foydalanishida bo‘lgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining belgilangan tartibda to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlamagan.