6 iyul kuni Xvason shahri Savdo-sanoat palatasi (Janubiy Koreya) delegatsiyasi raisi Pak Song Kvon boshchiligida alohida ehtiyojlari bo‘lgan odamlar uchun uchta ijtimoiy avtomobilni taqdim qilish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi hamda o‘zaro anglashuv va hamkorlik haqida memorandumni imzoladi.

Xvason shahri Savdo-sanoat palatasi (Xvason shahri SSP) alohida ehtiyojlari bo‘lgan odamlarga beg‘araz asosda avtomobil taqdim qilib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishga, ya’ni korporativ va ijtimoiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va shu vaqtning o‘zida O‘zbekistonda Koreya Respublikasi standartlari asosida tegishli hujjatlarni yaratishga harakat qiladi. Bu esa Koreya mahsulotlari maxsus funksiyalarga ega ijtimoiy avtomobillar sohasida MDH hududida yetakchi o‘rinni egallashiga umid bag‘ishlaydi.


Ushbu xayriya tadbirini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining savdo va investitsiyalarni rivojlantirish agentligi (KOTRA) ESG+ (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) loyihasi doirasida Xvason shahri SSPga logistika bo‘yicha va boshqa turdagi yordamni ko‘rsatdi.

«Umid qilamanki, ushbu ijtimoiy harakat O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining ijtimoiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi. Xvason shahri SSP shahar korxonalarini taqdim qilib, bundan keyin ham ijtimoiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va ESG menejmenti madaniyati bo‘yicha eng oldi qatorlarda bo‘lishga tayyor», — deydi Xvason shahri SSP raisi Pak Song Kvon.

Xvason shahri SSP har yili mamlakat bo‘ylab shu kabi tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda hamda rivojlanayotgan davlatlarda xalqaro xayriya tadbirlarida faol ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, korxonalarning palatadagi ishtiroki darajasini oshirish orqali muassasa biznesning ijtimoiy mas’uliyati mohiyatini chuqurroq anglashga, xalqaro brend ahamiyatini oshirishga, tashqi bozorlarga chiqish uchun «ko‘prik» qurishga yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Reklama huquqlari asosida.