Invento mutaxassislari — Kerri-Lin du Plassi va Nafisa Usmonxo‘jayeva — maxsus ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan qanday ishlash kerakligi, sinfda qulay muhitni yaratish uchun nima qilish maqsadga muvofiqligi haqida gapirib berishdi.

Mutaxassislar haqida

Kerri-Lin du Plassi Janubiy Afrikada tug‘ilgan. Uning ikki nafar o‘g‘li bor: ulardan biri — 18 yosh, ikkinchisi — 22 yoshda. Ikkalasiga ham DYGB diagnozi qo‘yilgan. Shuning uchun ham Kerrida maxsus ta’lim ehtiyojlari mavzusiga qiziqish uyg‘ongan.

Mutaxassisligi bo‘yicha Kerri balet ustozi, ma’lumoti bo‘yicha esa — psixolog. U “Lingvistika va psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajaga ham ega. Kerri 25 yildan beri dars beradi: avval balet bo‘yicha pedagog vazifasida, keyin maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi bo‘lib, undan so‘ng esa maxsus ta’limga muhtoj bolalarni o‘qitish bo‘yicha mutaxassis sifatida mehnat qilgan. U Janubiy Afrika, Isroil, Xitoyda ishlagan, hozir esa O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda. Kerrining hayotdagi shiori — butun hayoti davomida o‘qishdir, chunki aynan bu jihat unga yaxshi o‘qituvchi bo‘lishga yordam bermoqda.

Nafisa Usmonxo‘jayeva — psixolog, nevropsixolog, AVA-terapevti, O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi a’zosi. Uning Invento Tashkent City Campus`idagi faoliyati ota-onalar, bolalar, pedagoglarga psixologik sog‘lom ruhni saqlash va mustahkamlashga ko‘maklashish hamda turli muammolarni yechishga yordam berishga yo‘naltirilgan.


Inklyuzivlikning muhimligi haqida

Inklyuzivlik ta’lim jarayonida muhim jihatdir, chunki barcha bolalar o‘qish davomida bir xil harakatlarni bajarishadi. Bu jamiyatga integratsiyalashuv, O‘zbekistonning “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonuni bilan kafolatlangan bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqaradigan zamonaviy dunyoning yangi tendensiyasidir. Inklyuzivlik — hurmat va daxldorlik madaniyatini tezroq rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, u barcha bolalarga individual tafovutlarni o‘rganish va qabul qilish imkoniyatlarini beradi.

Nafisa Usmonxo‘jayevaning fikriga ko‘ra, bu juda yaxshi tendensiya, chunki bola o‘z tengdoshlariga qarab, tezroq xulq-atvor qoidalarini anglaydi, asosiy ko‘nikmalarni egallaydi. Zero u shu tarzda darslarga qatnashadi, maydonchada o‘ynaydi, oshxonaga boradi. Natijada u tezroq rivojlanadi. Ushbu jarayonlar qanchalik erta boshlangan bo‘lsa, bola ijtimoiylashuvi va moslashuvi ham shunchalik vaqtli kechadi.

Invento mutaxassislari bolalar bilan qanday ishlaydi

Avval bolaning kuchli va zaif tomonlari, shuningdek unga nima yoqishi va nima yoqmasligi aniqlashtirib olinadi. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, o‘qituvchilar ma’lum bir o‘quvchiga eng mos keladigan maxsus o‘quv dasturini yaratadilar.

Invento kampusida yordam ko‘rsatishga kompleks yondashuv qo‘llaniladi. Mutaxassislarga ota-ona yoki tarbiyachidan talab kelib tushadi. Keyin psixolog diagnoz qo‘yadi. Uning asosida bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda korreksiya ishlarining yakka tartibdagi dasturi yaratiladi. Mutaxassislar qiyinchiliklarning sababini bartaraf etish ustida ishlaydilar, undan so‘ng bolaga bilim berishga e’tibor qaratadi.


Sinfdagi ijobiy o‘quv muhiti haqida

Sinfda ijobiy o‘quv muhitini yaratishning ko‘plab usullari mavjud. Birinchidan, xavfsiz hissiy muhitni yaratish kerak. Ikkinchidan, sinfda ijobiy munosabatlarni o‘rnatish lozimdir. Buning uchun o‘quv jarayonida real va erishib bo‘ladigan maqsadlarni belgilash, konstruktiv qayta aloqani ta’minlash hamda talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish darkor. Va nihoyat, eng muhimi, bu o‘quvchilar har doim murojaat qilishi mumkin bo‘lgan o‘qituvchi bo‘lishdir.

Sinfda qulay muhitni yaratish uchun psixolog uchta yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib boradi:

  1. Ota-onalar bilan ishlash.
  2. O‘qituvchilar bilan ishlash.
  3. O‘quvchilar bilan ishlash.

O‘qituvchilar bilan ishlab, psixolog bolalarning ruhiy rivojlanishi, muloqot qilish va yoshga oid inqirozlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatadi. Buning uchun Invento`da seminarlar, ma’ruzalar, maslahatlashuvlar (guruhda va individual) o‘tkaziladi.

O‘quvchilarga hamjihatlik, bir-birini tushunish, o‘zaro ishonch, hurmat hamda his-tuyg‘ularni to‘g‘ri ifodalash o‘rgatiladi. Bunga guruh mashg‘ulotlarida, individual maslahatlashuvlarda, o‘yin treninglarida, kvestlarda erishiladi.

Psixolog ota-onalarga farzandlari bilan sodir bo‘ladigan aqliy jarayonlar haqida tushuntiradi. Bolalar bilan o‘zaro munosabatlarga doir muayyan tavsiyalar berib boriladi. Ota-onalarga nisbatan psixologning muhim vazifasi bolalarga mehribon munosabatni shakllantirishdir. Bola o‘ziga nisbatan bunday munosabatni his qilganda, u tengdoshlariga ham shunday munosabatda bo‘ladi.


Invento The Uzbek International School`da ta’lim IB PYP va IB MYP zamonaviy va ilg‘or dasturlari asosida olib boriladi. Invento UIS ikkita kampusda quyidagi manzillar bo‘yicha joylashgan:

  1. Tashkent City Campus — 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qiladi.
    Manzil: Furqat ko‘chasi, 4A.
    Mo‘ljal: Tashkent City.
  2. Ashgabat Campus — 6 yoshdan bo‘lgan bolalarni 1 sinfga qabul qiladi.
    Manzil: Maxtumquli ko‘chasi 2.
    Mo‘ljal: Ashxobod parki.

Axborot markazi: (+998) 71−210−99−99.

Sayt: invento.uz
Facebook: fb.com/inventoschool
Instagram: @invento.uz
Telegram: t.me/inventouis

Reklama.