Markaziy bank 5 oktabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi.

1 AQSh dollari 23,24 so‘mga qimmatlab, 11 010,45 so‘m etib belgilandi;

1 yevro 151,51 so‘mga ko‘tarildi va 10 878,32 so‘mga teng bo‘ldi;

1 rubl 2,81 so‘mga arzonlab, 186,54 so‘mga teng bo‘ldi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ma’lumot uchun, avvalroq dollarning rasmiy kursi (4 oktabr uchun) 17,73 so‘mga arzonlab, 10 987,21 so‘m etib belgilangan edi.