Vengriya tomonining taklifiga binoan, prezident Shavkat Mirziyoyev 3 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Budapesht shahrida Vengriya prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv va bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Bu muloqotlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Prezident Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.