Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish tizimi ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Buning uchun diplom.edu.uz axborot tizimi yaratilgan bo‘lib, u quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

  • bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;
  • diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi — OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.

Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar uchun hujjat dublikatini masofadan turib olish xizmati yaratilgandi.