YOTO O‘zbekistondagi birinchi kikshering (elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmati) kompaniyasi bo‘lib, Visa bilan hamkorlikda elektrosamokatlar foydalanuvchilari uchun yangi aksiyani e’lon qildi.

YOTO innovatsion va ekologik loyihasi ilova orqali elektrosamokatlarning qisqa muddatga ijaraga berish xizmatini taqdim etadi.


YOTO O‘zbekiston bozorining ushbu sigmentidagi ilk va yangi loyihasi sifatida turli yoshdagi aholi orasida tez orada ommalashib bordi.

Foydalanuvchilar YOTO`ning Instagram sahifasini o‘z sahifalarida ham belgilaydilar va YOTO ushbu sahifada har kuni zavq bilan uchayotgan samokat foydalanuvchilarning foto va vidolari bilan o‘rtoqlashadi. Sahifada elektrosamokatlar haqidagi ko‘plab qiziqarli postlar, layfhaklar va e’lonlarni topish mumkin. Shuningdek, kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi o‘z obunachlarini “yoterlar” deb ataydi va ularning savollariga YOTO tezda javob beradi.


Loyihaning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, samokatdan foydalanish uchun kompaniya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish kerak emas, hama narsa, jumladan barcha to‘lovlar ham, ilova orqali amalga oshadi. To‘lovni amalga oshirish uchun Click va Payme ilovalardan foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, samokatni hatto besh daqiqaga ham ijaraga olish mumkin, chunki tarifikatsiya daqiqabay hisoblanadi. Barcha samokatlar buzg‘unchilikka qarshi qurilmalar va katta miqdordagi GPS-trekerlar bilan jihozlangan bo‘lib, ug‘irlash ehtimolini minimumgacha qisqartiradi.


Oxirgi kunlarda Toshkentda yaxshi ob-havo kuzatilmoqda, shuning uchun agar siz yangi taasurotlar olishni va yangi mahsulotni sinab ko‘rishni istasangiz, unda YOTO elektrosamokarlarda uchib ko‘rishingiz mumkin. Bundan tashqari, kompaniya yaqinda Visa bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. YOTO ilovasi foydalanuvchilari Visa kartasi bilan to‘lovni amalga oshirayotganda to‘ldirish summasining 20% miqdorida bonus olishlari mumkin.

Bonusni qanday olish mumkin?

AppStore va Google Play servislarida mavjud bo‘lgan YOTO ilovasida to‘lov paytida foydalanuvchi hisobini to‘ldirish summasidan ilovadagi o‘z hisobiga 20% bonus oladigan Visa kartalari bilan to‘lashning yangi usuli paydo bo‘ldi.


YOTO samokatlari sizni Markaz-1 mavzesidagi Black Star Burger yonida, shuningdek, servisning boshqa manzillarida kutmoqda.

Aksiya 31 avgust 2023 yilgacha amal qiladi.

Batafsil ma’lumotni cis.visa.com va yoto.uz saytlaridan olishingiz mumkin.

Reklama.