Invento The Uzbek International School`ning direktori, o‘qituvchilari va koordinatorlari maktabda ta’lim jarayonini kim va qanday olib borishi, xalqaro bakalavriat dasturi bo‘yicha darslar qanday o‘tishi va natijada bolalar qanday bilimlarga ega bo‘lishlari haqida gapirib berishdi.

Videoda o‘zbek tilida subtitrlar mavjud. Videopleyerda subtitrlarni yoqish kerak bo‘ladi.

Invento`da pedagogik tarkib qanday shakllantirilgan?

Jamoa ham mahalliy, ham xalqaro o‘qituvchilardan iborat: maktabda butun dunyodan kelgan mutaxassislar faoliyat yuritadi. Invento UIS`ning uzoq muddatli istiqboldagi maqsadi O‘zbekistonda mahalliy pedagogik tarkibga ega birinchi xalqaro maktabni yaratishdir.

Bugungi kunda maktabda bir nechta tillarda gapiradigan, dars vaqtida mahalliy va xorijiy pedagoglarga yordam beradigan yordamchi o‘qituvchi bor. Bir necha yilda ular xalqaro bakalavriat (IB) dasturining to‘liq o‘qituvchilariga aylanishlari mumkin.

O‘qituvchilarning malakasi qay tarzda oshiriladi?

«Malaka oshirish jarayoni biz uchun juda muhim. Kelgusida biz mahalliy va xorijiy o‘qituvchilar tarkibini kengaytirishni davom ettiramiz. Kasbiy rivojlanish bizning kundalik faoliyatimizning ajralmas qismidir. Biz dushanba kunlari sessiyalar o‘tkazamiz, ular davomida bir-birimizdan ko‘p narsalar o‘rganamiz», — deya o‘rtoqlashdi Invento xalqaro maktabining akademik direktori Karolin Fojiel.


Har bir o‘qituvchida hamkasblarini o‘qitish orqali o‘z tajribasini ulashish imkoniyati bor. Invento — bu xalqaro bakalavriat dasturi bo‘yicha bilim olishni taklif qiluvchi maktab. Shuning uchun barcha o‘qituvchilar IB-sertifikatiga ega va kerakli treninglardan o‘tadilar. Bu o‘z navbatida, kundalik ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Invento`da bolalarga qanday fanlar o‘qitiladi?

Barcha darslar integratsiyalashgan va o‘zaro bog‘liqdir. Ertalab bolalar mahalliy o‘qituvchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazadilar: matematika, ingliz tili, jamiyatshunoslik, tabiiy fanlar, musiqa, san’at, suzish va jismoniy tarbiya, ona tili.

«O‘quvchilar turli nuqtai nazardan bilim olish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega. Masalan, bizda Yer sayyorasini o‘rganish haqida mavzu mavjud. Eng kichik yoshdagi bolalar hayvonlarni o‘rganadilar, ularni o‘lchash va bir-biriga solishtirish orqali matematika asoslari bilan tanishadilar. Shuningdek, ular hayvonlar haqida o‘qish va ushbu mavzuni muhokama qilish yo‘li bilan ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. O‘quvchilar hayvonlarni musiqa, san’at, jismoniy tarbiya va boshqa fanlarda o‘rganishni davom ettiradilar. Bu fanlar doirasidan chiqqan holda bilim olishga yordam beradi», — deya ta’kidlab o‘tdi kichik yoshda rivojlantirish dasturi rahbari Isis Peysher.


O‘rta maktab o‘quvchilari uchun xalqaro bakalavr dasturi 8 ta fanni o‘z ichiga oladi, ammo Invento`da ular soni aslida 10 ta. Bu barcha o‘quvchilar uchun ta’lim olish tilidan qat’i nazar (o‘zbek, rus, ingliz) bilim olishga teng imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq.

Agar bola rus tilini yaxshi bilsa, u asarlar o‘qib, tilni chuqur o‘rganib va tahlil qilib rus tilini o‘rganishi mumkin. Agar bola tilni yaxshi bilmasa, u asosiy bilimlarni egallash uchun Language acquisition tilni o‘rganish kursiga borishi mumkin. Bunday ta’lim darajalari maktabda har bir til bo‘yicha taqdim etiladi: rus, o‘zbek va ingliz tillari.

«O‘quvchilarda, shuningdek, qator standart darslar bor. Masalan, bizda matematika bor va u nafaqat algebra, balki butun fanni qamrab oladi. O‘z ichiga kimyo, fizika va biologiya fanlarini oladigan tabiiy fanlar ham mavjud. O‘quvchilar tarixni, jamiyatga daxldorlikni, buyuk kashfiyotlar va geografiyani o‘rganadilar. Tarix va geografiya alohida emas, balki uyg‘unlikda o‘qitiladi», — deydi IB MYP koordinatori va ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchisi Rebekka Peynter.


Bundan tashqari, Invento`da «Dizayn» kursi mavjud. Unda o‘quvchilar yaratuvchilar sifatida ishtirok etadi. Bu yerda ular kodlashni o‘rganadilar, 3D printerdan foydalanishlari, muammoni topish va uni hal etish uchun mashina zaxira qismlarining fizik modelini yaratishlari mumkin.

Shuningdek, Invento`da ta’lim oluvchilar «Jismoniy salomatlik va tarbiya» fanini o‘rganmoqdalar. Unda o‘quvchilar har xil mashqlarni bajaribgina qolmay, jisman va aqlan sog‘lom bo‘lish ko‘nikmalarini egallaydilar. MYP dasturi doirasida o‘quvchilar qaysi taom foydali, qancha uxlash kerakligi, sog‘lom bo‘lish uchun qanday mashqlarni bajarish lozimligini bilib olishadi.

Ota-onalar bolalarning rivojlanishini qanday qo‘llab-quvvatlashlari kerak va bu uchun nima qilish zarur

Ta’lim jarayoniga bolalarni qamrash — bolaning rivojlanishi uchun birlamchi vazifadir. Zero bolalarning birinchi ustozlari aynan ular. Shuning uchun ota-onalar farzandlarining ichki hissiyotlarini qo‘llab-quvvatlashlari, ta’lim jarayoni bilan qiziqib borishlari, ota-onalar majlislarida qatnashishlari muhim.

«Invento`da biz ota-onalarga farzandlarining maktab hayotiga befarq emasliklarini qo‘rsatishlari uchun turli imkoniyatlarni taqdim qilamiz. Har hafta biz ota-onalarga ular uyda bolalari bilan o‘yin shaklida qanday o‘zaro munosabatda bo‘lishlari mumkinligi haqidagi g‘oyalar va takliflarni yuboramiz: vaqtni sifatli o‘tkazish, o‘ynash, kitob o‘qish», — deya o‘rtoqlashdi Isis Peysher.

«Eng muhimi — ota-onalar farzandlari bilan hamsuhbat bo‘lishlari kerak. Bolalar bilan kechki tanovul vaqtida muloqot qilish lozim. Bunda nafaqat maktab hayoti, balki butun dunyoda yuz berayotgan hodisalar haqida ham gaplashish muhim. Bolalar bilan ularning qiziqishlari haqida suhbatlashing. Bu ularga tilni tezroq o‘zlashtirish, so‘z boyligini oshirish, so‘zlashuv nutqini yaxshilashga ko‘maklashadi. Oilada so‘zlashish oson bo‘lgan tilda suhbatlashing», — dedi Rebekka Peynter.

O‘rta sinfdagi bolalarning ota-onalari uchun ham birgalikda kitob o‘qishga vaqt ajratish juda muhim. Mutoala oilada eng odatiy hollardan biriga aylanishi kerak, toki bolalarda bosma va elektron materiallarni o‘qishga ishtiyoq doim baland bo‘lsin. Bu bolalarda savol tug‘ilganida javob topish ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi. Javob topish istagi javoblarni mustaqil topishga undaydi.


IB dasturi nima

Xalqaro bakalavriat dasturi 3 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. U puxta o‘ylangan bo‘lib, fanlarni alohida ham, o‘zaro bog‘liqlikda ham o‘rganishga imkon beradi (fanlararo yondashuv).

Xalqaro bakalavriatning kichik yosh va boshlang‘ich maktab dasturi 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Ta’lim oluvchilar maxsus misollar orqali bilim olish mas’uliyatini his qilishni hamda maktab dasturi bilan cheklanmaydigan qiziquvchanlikni oshirishni o‘rganadilar. O‘quvchilar o‘zlarini mustaqil sinovdan o‘tkazadi, tanqidiy fikrlaydi va ta’lim olish orqali turli imkoniyatlarni tadqiq qiladi.

U an’anaviy ta’lim tizimidan nimasi bilan farqlanadi

An’anaviy ta’limda o‘quvchilar odatda o‘qituvchilar nimani o‘rgatsa, shuni o‘rganishadi. Xalqaro bakalavriat dasturida, aksincha, o‘quvchilar o‘z talablari asosida ta’lim oladilar: tadqiqotlar olib borishadi, savollarga mustaqil javob topishga harakat qilishadi, turli yondashuv va ko‘nikmalar hamda tanqidiy fikrlash yordamida bilim olishadi.

IB tizimi bo‘yicha ta’lim olishning maqsadi

Dasturning maqsadi dunyo fuqarolari bo‘lishni xohlaydigan g‘amxo‘r, bilimli, tanqidiy fikrlaydigan xalqaro miqyosda tafakkur qila oladigan o‘quvchilarni tarbiyalashdir.

Invento The Uzbek International School’da ta’lim IB PYP va IB MYP zamonaviy va ilg‘or dasturlari asosida olib boriladi. Invento UIS ikkita kampusda quyidagi manzillar bo‘yicha joylashgan:

Tashkent City Campus — 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qiladi.
Manzil: Furqat ko‘chasi, 4A.
Mo‘ljal: Tashkent City.

Ashgabat Campus — 6 yoshdan bo‘lgan bolalarni 1 sinfga qabul qiladi.
Manzil: Maxtumquli ko‘chasi 2.
Mo‘ljal: Ashxobod parki.

Axborot markazi: (+998) 71−210−99−99.

Sayt: invento.uz
Facebook: fb.com/inventoschool
Instagram: @invento.uz
Telegram: t.me/inventouis

Reklama.