High Speed Logistics transport va ekspeditorlik kompaniyasi O‘zbekiston bilan Yevropa, Yaqin Sharq davlatlari, Eron, Rossiya, Xitoy, BAA, Pokiston, Hindiston, Malayziya, Singapur va boshqa mamlakatlar o‘rtasida avtomobil, temir yo‘l va aviatsia orqali yuk tashish xizmatlarini taklif etadi.


Moslashuvchan narx siyosati, malakali kadrlar, tezkor yondashuv, mas’uliyat va professionallik, shuningdek, yuk tashish uchun qulay sxemalarni ishlab chiqish qobiliyati kompaniyaga yirik tashkilotlar tortib, individual tadbirkorgacha, umuman olganda, barcha toifadagi mijozlarning ehtiyojlari uchun eng optimal yechimlarni topib berish imkonini yaratadi.

Bugungi kunda HSL kompaniyasi tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda:

Avtomobilda yuk tashish — yukni jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga qo‘shimcha yuklash va tushirishlarsiz yetkazib berish. Bu esa yetkazib berish tezligini oshirib, yukning shikastlanish xavfini, shuningdek, tashishning umumiy narxini sezilarli darajada kamaytiradi. Avtomobilda yuk tashishning katta afzalligi, bu — avtomobil yo‘llarining keng tarmoqliligi hamda temir yo‘llardan mustaqilligi, individual yo‘nalishlarni tuzish imkonini berishidir.

Yig‘ma yuklarni tashish — turli xil mijozlarning kichik o‘lchamli yuklarini bitta transport vositasida, bir yo‘nalishda tashish. Kompaniya Xitoy, Turkiya va Yevropa davlatlaridan O‘zbekistonga yig‘ma yuklarni tashish xizmatini taklif etadi.


Multimodal yuk tashish — turli xil transport vositalaridan, masalan, poyezd, kema, avtomobil va boshqalar orqali yuklarni yetkazib berish. Multimodal yuk tashishni tashkil etishda maksimal samaradorlik va pul xarajatlarini tejash uchun kompaniya yo‘nalishning har bir qismi uchun maqbul transport turidan foydalananib, har bir bosqichda jarayonni nazorat qilgan holda yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi.

Temir yo‘l orqali yuk tashish — istalgan yo‘nalishda temir yo‘l orqali yuklarni yetkazib berish. Ushbu xizmat narxlar arzonligi, aniqlik, xavfsizlik va yuklarni kuzatib borish imkoniyati bilan ajralib turadi.

Avia yuk tashish — yuklarni dunyoning istalgan nuqtasiga tezkor yetkazib berish. HSL kompaniyasi yuqori sifatli avia yuk tashish xizmatlarini taklif qiladi.


2005 yildan buyon ko‘rsatib kelinayotgan transport xizmatlarining sifati va ishonchliligi kompaniya obro‘sining ajralmas qismi hisoblanadi. Kompaniya xavfsiz, tezkor va ishonchli transport xizmatlari hamyonbop narxlarda taklif etadi.

HSL — mijozlarni ishonchini qozongan va ularning hurmatiga sazovor bo‘lgan 17-yillik kompaniya.

Xizmatlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun telefonlar: (+998) 97−540−22−22, (+998) 71−250−77−37.
Manzil: Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 81, kvartira 13.

Sayt: hsl.uz
Telegram: t.me/hsluz
Instagram: @hsl.uz

Reklama huquqlari asosida.