Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,1 mlrd dollarga teng bo‘lganligi haqida xabar berdi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,3 mlrd dollarga oshgan.
Yanvar-iyul oylarida tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:
Eksport — 11,3 mlrd, shu jumladan:
- mahsulotlar — 9,3 mlrd
- xizmatlar — 2 mlrd
Import — 16,8 mlrd, shu jumladan:
- mahsulotlar — 15,4 mlrd
- xizmatlar — 1,4 mlrdni tashkil etdi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ma’lumot uchun, yanvar-iyun oylarida tashqi savdo aylanmasi qariyb 24,5 mlrd dollarni tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 5,9 mlrd dollarga yoki 32,4% ga oshgan edi.