“Xalq banki"ning Andijon viloyatidagi filiali murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilganda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Bankning Buloqboshi filiali kassiri hamda buxgalter nazoratchisi vazifalarida ishlagan ikki xodimi joriy yilning 16−25 iyul kunlari o‘zlariga biriktirilgan 3 ta bankomatga naqd pullarni joylashtirish vaqtida jami 111 mln so‘mni o‘zlashtirib olganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tekshiruv davomida yetkazilgan zarar sobiq bank xodimlari tomonidan to‘liq qoplangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.