8 avgust kunidan boshlab O‘zbekistonda OTMlarga kirish test sinovlari boshlandi. Birinchi kunning o‘zidayoq Farg‘ona viloyatida davlat imtihoniga telefon bilan kelganlar aniqlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda kimyo fanidan test savollarining ayrim na’munalari tarqaldi. Davlat test markazi bunga izoh berib, «Archa bayram» boshlanmasdan yakunlanganini ma’lum qildi.

Unda aytilishicha, kimyo fanidan raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitobi 8 avgust kuni o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli. Imtihonga shuncha tekshiruvlarga qaramay, telefon olib kira olgan abituriyent test sinovi vaqtida undan foydalanayotganida dalolatnoma asosida chetlashtirilgan.


Abituriyent testga telefon olib kirishni uddalasa, Davlat test markazi ularni aniqlab, chetlatishni uddalaydi, deya ta’kidladi DTM. Markaz barchasi nazoratda ekanini ko‘rsatib berishi hamda jarayonlar shaffof va adolatli o‘tishiga ishontirmoqda.

Qolaversa, matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan test kitobi esa diagnostik test sinovlariga oidligi aytilmoqda.

«Mazkur test topshiriqlari kitobi 8 avgust (bugun) kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarinig bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas», — deyiladi xabarda.