Kolumbiyaning Kali shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U20) jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, unda uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan Sharifa Davronova 14,02 metr natija bilan g‘alaba qozondi.

U eng yaqin ta’qibchisini 66 smga ortda qoldirdi. Shuningdek, atletning natijasi U20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi.

Mazkur yo‘nalishda kuchli uchlikda O‘zbekistondan tashqari Fransiya va Avstraliya vakillari bor.

  • 1-o‘rin — Sharifa Davronova (O‘zbekiston) — 14,04 m
  • 2-o‘rin — Soxane Aukagos (Fransiya) — 13,38 m
  • 3-o‘rin — Tiana Boras (Avstraliya) — 13,30 m