«Ipoteka-bank» ATIB Surxondaryo viloyati filialining sho‘’ba mudiri X. T. tadbirkorga 500 mln so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur mablag‘ «L.S.» MCHJga qarashli Sho‘rchi tumanidagi ishlab chiqarish sexi binosini ta’mirlash uchun ajratilishi kerak bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.