Ayni vaqtda Toshkent shahrida «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 100 dan ortiq xorijiy delegatsiyalar qatnashyapti.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov o‘z ma’ruzasida Afg‘oniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni sanab o‘tdi, deb xabar berdi Dunyo AA.

«Muvaqqat hukumat tomonidan xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari, jumladan, keng vakillikka asoslangan inklyuziv hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va milliy ozchiliklar, shuningdek, afg‘onlarning to‘la huquqli maktab ta’limiga qabul qilinishi bo‘yicha zudlik bilan amalga oshirilishini kerak bo‘lgan vazifalarni ta’kidladi. Bu butun afg‘on xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir», — dedi vazir.