Suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari va boshqalar mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, juda ko‘p miqdorda jamiyat manfaatiga zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Bu Bosh prokuratura tomonidan tegishli idoralar bilan bilan birga o‘tkazilgan tekshirda aniqlandi.

Xususan, terma jamoa hamda uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan fuqaro RFning Volgograd shahrida o‘tkazilgan xalqaro yig‘inga yuborilib, 72 mln so‘m budjet mablag‘lari asossiz ishlatilgan, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 2021 yilning oktabr-dekabr oylarida jami 287 nafar sportchi «D» MCHJga qarashli mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bo‘lsalarda, foydalanganlik haqida elektron hisob-fakturalarga soxta yozuvlar kiritgan. Natijada 1 mlrd so‘mlik pul mablag‘i talon-toroj qilingan.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.