20 iyul kuni ASUS kompaniyasi O‘zbekiston do‘konlarida mavjud yoki yaqinda paydo bo‘ladigan yangi noutbuklar taqdimotini o‘tkazdi. Yangi qurilmalar OLED displeylari, unumdorligi yuqori bo‘lgan oxirgi avlod komponentlari, shuningdek, keng ko‘lamli ilg‘or funksiyalar bilan jihozlangan.


Quyidagi yangi gadjetlar taqdim etildi:

  1. Vivobook Pro va Vivobook S: yangilanish chastotasi 120 Gs ga teng bo‘lgan OLED displey, H seriyali 12-avlod Intel Core i9 yoki 6000 seriyali AMD Ryzen 9 protsessori.
  2. ASUS Antibacterial Guard antibakterial qoplamasi.
  3. Zenbook Pro va S: ingichka, yengil, unumdorligi yuqori bo‘lgan komponentlarga va chiroyli dizayndagi OLED displeylarga ega noutbuklar.
  4. Zenbook seriyasidagi eng kuchli noutbuk: yangilangan faol aerodinamik sovutish tizimi (AAS Ultra) bilan jihozlangan flagman Zenbook Pro 16X OLED.
  5. Takomillashtirilgan ikki displeyli noutbuk: AAS Ultra va qo‘shimcha ScreenPad Plus displeyi bilan jihozlangan Zenbook Pro 14 Duo OLED.
  6. Yangi kuchli o‘yin uchun mo‘ljallangan ROG noutbuklari: Zephyrus Duo 16, Flow Z13, Zephyrus G14, Strix SCAR va Strix G.
  7. ExpertBook Business Notebook Business: unumdorlik, ishonchlilikning harbiy-sanot standartiga muvofiq MIL-STD-810H sertifikatlash va korporativ darajadagi xavfsizlik.


Vivobook Pro va Vivobook S: kundalik vazifalar uchun eng yangi noutbuklar

Vivobook Pro bu — 12-avlod Intel Core yoki noutbuklar uchun NVIDIA GeForce RTX grafikali AMD rYZEN 6000 asosidagi yosh ijodkorlar uchun kuchli va qulay narxdagi noutbuklar. Ular orasida 16 dyuymli OLED displey 3,2K o‘lchamli va 120 Gs yangilanish tezligiga ega.

Vivobook S noutbuklari Vivobook cyeriyasidagi eng ingichka va yengili bo‘lib, qalinligi 17,9 milimetrdan va og‘irligi 1,6 kilogramdan boshlanadi. Ammo ularning unumdorligi kattaroq modellardan past emas.

Noutbuklarning korpusi metaldan ishlab chiqarilgan. Ushbu gadjetlar ingichka NanoEdge ekran ramkasiga o‘ralgan birinchi darajali OLED displeylar bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, barcha 2022 Vivobook modellarining 80 foizi, shuningdek, ba’zi Zenbook modellaring qoplamalari bakteriyalardan saqlaydigan ASUS Antibacterial Guard texnologiyasi bilan jihozlangan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, ASUS Antibacterial Guard 24 soat ichida bakteriyalar o‘sishini 99 foizdan ko‘proqga kamaytirishga yordam beradi.

Kumush ioni qoplamasi noutbuk yuzasiga teginganda zararli mikroorganizmlarning tarqalishini oldini olishga yordam beradi va oddiy foydalanish rejimida kamida uch yil davomida samarasini saqlab qoladi.


Zenbook: unumdorlikning yangi darajasi

2022 yilgi Zenbook Pro va Zenbook S Zenbook premium ixcham noutbuklar va transformerlar seriyasida taqdim etildi.

Seriyaning flagmani Zenbook Pro 16X (UX7602) bo‘lib, u qator innovatsion dizayn va texnik xususiyatlarga ega, jumladan AAS Ultra, so‘nggi Intel Core i9−12900H, noutbuklar uchun NVIDIA GeForce RTX 3060 va 16 dyuymli 2,8K/120 gigagersli OLED displey.

Bundan tashqari, yangilangan ikki displeyli noutbuk taqdim etildi: Zenbook Pro 14 Duo OLED. Noyob 14,5 dyuymli 2,8 K/120 gigagersli OLED displey zamonaviy 12,7 dyuymli ScreenPad Plus sensorli displey va AAS Ultra bilan jihozlangan.

Shuningdek, yangi gadjetlar orasida yengil 13,3 dyuymli Zenbook S 13 OLED noutbuki va Zenbook seriyasidagi birinchi 17,3 dyuymli Zenbook Pro 17 noutbuki ham mavjud.

Zenbook Pro noutbuklari ixcham, zamonaviy va unumdorligi yuqori bo‘lgan jihozlar hisoblanadi.


ROG oilasi: premium klassdagi zamonaviy o‘yin noutbuklari

Qo‘shimcha displeyga ega yangi o‘yin flagmani ROG Zephyrus Duo 16 unumdorligi yuqori o‘yin qurilmalari uchun yangi standartni yaratadi.

Zephyrus Duo 16 noutbukining 2022 yilgi versiyasida qo‘shimcha ROG ROG ScreenPad Plus displeyi o‘rnatilgan. Ushbu noutbuk AMD Ryzen R9 6980HX protsessori va displey multipleksorli NVIDIA GeForce RTX 3080 Ti grafik kartasi bilan jihozlangan.

Zephyrus Duo 16 noutbuklari seriyasida ikkita displey konfiguratsiyasi mavjud:

  1. 1100 nitgacha yorug‘ligi bo‘lgan mini-LED bilan jihozlangan ROG Nebula HDR.
  2. Yuqori aniqlik (4K/120Gs) va yuqori yangilanish tezligi (Full-HD/240Gs) o‘rtasida almashish imkonini beruvchi ikki tomonlama displey.

Noutbuk qopqog‘ini ochganingizda yangi aylanadigan sharnir ROG ScreenPad Plus

qo‘shimcha displeyini 13 gradusga ko‘taradi va orqaga suradi. Natijada, qo‘shimcha displey asosiy ekranga qo‘shilganda bitta to‘liq ish joyi paydo bo‘ladi.


Eng yuqori konfiguratsiyada Windows 11 operatsion tizimida ishlovchi ROG Flow Z13 o‘yin plansheti Intel Core i9−12900H protsessori, displey multipleksoriga ega NVIDIA GeForce RTX 3050 Ti noutbuk grafik kartasi va 5200 MGs LPDDR5 xotira modullari bilan jihozlangan. Ultra ixcham va yengil dizaynda yaratilgan ushbu gadjet o‘yin unumdorligini oshiradi.

ROG Flow Z13 plansheti 20 asr kosmik poygasidan ilhomlangan retro-futuristik dizaynga ega. Shu bilan birga, u ROG brendining o‘yin jihozlarining kelajagi haqidagi tasavvurini o‘zida mujassam etadi, uning asosiy xususiyatlaridan biri portativlikdir.

ROG Flow Z13 da o‘yin jarayonini boshqarish uchun siz odatiy sichqonchangiz va klaviatura, sensor yoki korpusga o‘rnatilgan geympaddan foydalanishingiz mumkin. O‘rnatilgan aylanma stend displeyni 170 darajagacha istalgan qulay shaklda o‘rnatish imkonini beradi. Planshet shakl-faktori tufayli barcha asosiy komponentlar ekran orqasiga joylashtirilganligi uchun komponentlarga ko‘proq salqin havo o‘tadi va aqlli sovutish tizimi yuqori unumdorlikni saqlab qolish bo‘yicha vazifani ajoyib tarzda bajaradi.


Yangi Flow Z13 plansheti maksimal o‘yin unumdorligi va ulanish uchun XG Mobile tashqi grafik dok-stansiyalariga mos keladi. 2021 yilda taqdim etilgan XG Mobile dok-stansiya NVIDIA GeForce RTX 3080 grafik kartasi bilan jihozlangan, 2022 seriyali dok-stansiya esa AMD Radeon RX 6850M XT grafik kartasini, shuningdek, USB, DisplayPort, HDMI va Ethernet portlarining to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladi.

Tadbirda taqdim etilgan ROG qatoriga orqa qopqog‘iqda eksklyuziv AniMe Matrix animatsion yoritgichi bo‘lgan Nebula QHD/120Hz displeyli yangilangan ROG Zephyrus G14 hamda kibersportchilar va ishqibozlar uchun ROG Stix noutbuklarining yangi versiyasi kiradi.


ExpertBook: biznes uchun ishonchli yechimlar

2022 yilda mashhur ExpertBook B7 Flip noutbuki 14 dyuymli aylanuvchi sensorli displey, 5G va dunyoning istalgan nuqtasidan yuqori tezlikda va xavfsiz internetga ulanish uchun Wi-Fi 6E qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lib yangilanadi. Ushbu model 12-avlod Intel core i7 protsessoridan, Intel Iris Xe grafik yadrosidan va 64 Gb tezkor xotira bilan jihozlangan va batareyaning maksimal ishlash muddati 11 soatni tashkil qiladi.

Shuningdek, yangi ExperBook B5 noutbuklari ham taqdim etildi. Ixcham va yengil gadjetlarning o‘girligi 1,25 kg, qalinligi — 1,79 mm ni tashkil etadi. Ular metall qotishmalaridan tayyorlanganligi uchun ofisda ham, yo‘lda ham juda ham ehtiyotkor bo‘lmagan foydalanishga chidamlidir.

ExpertBook B2 va B2 Flip noutbuklari ofisdagi kundalik ishlar va ish safarlarida foydalanish uchun unumdorligi yuqori biznes-gadjetdir. B2 klassik va B2 noutbuk-transformer noutbuklarida 14 yoki 15,6 dyumli ekran mavjud. Modellar smart-kartani o‘qish moslamalari, klaviatura yoritgichi va ASUS Pen stilus (transformer modellari uchun) bilan jihozlanishi mumkin. 5G uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi butun dunyo bo‘ylab keng polosali internetga kirishni ta’minlaydi.

Barcha ExpertBook noutbuklari AQShning MIL-STD-810H harbiy sanoat standartiga mos keladi, shuning uchun ular tashishning barcha qiyinchiliklariga oqibatlarsiz, jumladan, korpus silkinish va zarbalarga chidamli bo‘lib, noutbuklar yuqori va past haroratlarda ishlay oladi. Bundan tashqari, ushbu modellar qopqoq bosimi, zarba va balandlikdan tushish kabi bir qator ASUS`ning qat’iy ichki sinovlaridan o‘tadi.



ASUS — innovatsion texnologiyalar sohasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. ASUS gadjetlari va komponentlari butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga ajoyib tajribalar olib kelish uchun mo‘ljallangan. Kompaniyada 5000 dan ortiq birinchi darajali muhandislar ishlaydi. ASUS uskunalari har kuni sifat, innovatsiya va dizayn bo‘yicha o‘rtacha 11 ta mukofot oladi.

Sayt: asus.com
Facebook: fb.com/asus
Instagram: @asus

Reklama huquqlari asosida.