“Somang Development Korea” kompaniyasi Toshkent markazida Yakkasaroy tumanidagi sohil bo‘yida zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy majmualarini qurmoqda. Majmua qulay joyda joylashgan bo‘lib, bu kelajakdagi uy-joy nufuzini oshiradi va investitsiyalar muvaffaqiyatli bo‘lishining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bugungi sarmoyangiz ertaga barqaror va kafolatlangan daromadga aylanishi mumkin. Kompaniya xorijiy korxona hisoblanadi. Uning yagona asoschisi bu — Janubiy Koreya konserni.

Ayni paytda obyektda maydoni 54 dan 485 kv. metrgacha turlicha loyihalashtirsa bo‘ladigan 300 xonadondan iborat uchta ko‘pkvartirali uy qurilgan. Shuningdek, hududda suzish havzasi, massaj jihozlari, trenajer zali va fitobarga ega zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish majmuasi qurilmoqda.

Ikkinchi uyda umumiy maydoni 243, 293, 303 va 485 kv. m bo‘lgan kadastrli kvartiralar mavjud. Bular asosan mansardli ikki qavatli kvartiralardir. Bu uyda sotilmagan yettita xonadon qoldi.

Uchinchi binoda maydoni 119, 125, 136, 161, 238, 250, 272 va 322 kv. m bo‘lgan kvartiralar mavjud. Maydoni 200 kv. metrdan kattaroq bo‘lgan barcha kvartiralar ikki qavatli. Ushbu kvartiralar ochiq terrasali mansardlarga ega. U yerdan qaraganda shahar, daryo bo‘yi va yaqin atrofdagi infratuzilmaning ajoyib manzarasi ochiladi. Katta maydonga ega kvartiralarda istalgan dizaynni amalga oshirishingiz mumkin.


Mansardlar va ochiq terrasalari kvartiralar o‘ziga xos individual ko‘rinish, uslub va xarakterga ega bo‘ladi. Siz o‘zingizning kvartirangizning eksklyuzivligiga amin bo‘lishingiz va uning o‘ziga xosligi va nafisligi bilan faxrlanishingiz mumkin. Mansardli qavatlardan ko‘rinadigan manzara hech kimni befarq qoldirmaydi. Siz o‘zingizni boshqa dunyoda — qulaylik va xotirjamlik dunyosida his qilishingiz mumkin. Barcha uylar zamonaviy baland shovqin chiqarmaydigan, ayni paytda yuqori tezlikda harakatlanadigan keng Janubiy Koreyaning Hyundai liftlari bilan jihozlangan.

Uchinchi binoda esa har bir xonadonga zamonaviy ikki sxemali Janubiy Koreya isitish jihozlari o‘rnatilgan. Shuningdek, Janubiy Koreya kirish eshiklari, elektron sensorli qulflar va domofonlar xonadonlarni raqamlashtirish darajasini oshirib, ularni yanada zamonaviy va texnologik qiladi. Qurilish kompaniyasi, shuningdek, har bir mijozga isitish tizimi uchun zamonaviy radiatorlar taqdim etadi. Kvartiralarning ba’zi sovuq qismlarida issiqlik izolyatsiyasi amalga oshirildi, binolarning tomiga chiqarilgan deflektorli zamonaviy shamollatish va ventilyatsiya tizimi mavjud. Barcha kvartiralarda zamonaviy derazalar mavjud.


Majmua hududida 24/7 rejimida video kuzatuv olib boriladi, shuning uchun har bir aholi o‘zini xavfsiz his qilishi mumkin.

Ayni paytda uylar bilan chegaradosh sohil bo‘yining qurilish ishlari yakunlanmoqda, tez orada yangi restoranlar, butiklar, ijtimoiy obyektlar paydo bo‘ladi. Shuningdek, “Somang Development Korea” “Next” savdo markazi va uning barcha ko‘ngilochar obyektlari, jumladan, muz maydoni, sport markazi va “Korzinka” supermarketi hududiga alohida kirish yo‘lini yaratdi.

Yaqin atrofda Humo Arena, “Xalqlar do‘stligi” maydoni va konsert zali, yangi “Magic City” bog‘i joylashgan. Bu obyektlarni yaqinligi qimmatli vaqtni tejashga yordam beradi va deyarli hamma uchun — bolalardan keksalargacha — o‘yin-kulgu va vaqtichog‘lik imkoniyatlarini topishga yordam beradi.

Rivojlangan infratuzilma — uylar atrofida qulay transport kesishmalarining mavjudligi — Toshkentning deyarli istalgan joyiga, xoh aeroport, xoh vokzal, xoh restoran yoki biznes markaziga oson yetib borishga imkoniyat beradi.


Ushbu afzalliklarning barchasi kompaniyaning mijozlari va investorlari tomonidan qadrlanishi mumkin.

“Somang Development Korea” sizni dushanbadan — jumagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha o‘zining savdo ofisida kutmoqda. Har bir mijoz uchun kompaniya alohida chegirmalar taklif qilishga tayyor. Kvartiralar uchun chegirmalar hajmini telefon orqali yoki savdo ofisida aniqlashtirishingiz mumkin.

Sotuv bo‘limini telefon raqamlari: (+998) 94−630−57−00, (+998) 71−230−09−91.

Sotuv bo‘limini manzili: Yakkasaroy tumani, Baxodir ko‘chasi, 2.
Mo‘ljal: SKM “Next”, Yakkasaroy tumani xokimligi.

Sayt: somang.uz
Facebook: fb.me/SomangDK
Telegram: t.me/seoul_riverside

Reklama huquqlari asosida.