Toshkentda Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon yo‘l o‘tkazgich qurilishi sabab 6- va 7-metro bekatlari oralig‘ida metro poyezdlari harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.

«Toshshahartransxizmat» yo‘lovchilarning jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida mazkur bekatlar orasida vaqtinchalik avtobus qo‘yilganini ma’lum qildi.

Avtobus «Rohat 5-metro bekati — Qo‘yliq 7-metro bekati» oralig‘ida harakatlanadi. Yo‘nalish bo‘ylab kuniga ikkita «Isuzu» rusumli avtobus soat 7:00 dan 20:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat qiladi.