Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hokimi Ilyor Xo‘jayev kasallikdan so‘ng vafot etdi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ilyor Xo‘jayev 2016 yildan beri ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi. U 1977 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan.

Hokimlik xabariga ko‘ra, Ilyor Xo‘jayev 1999 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2009 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Hokim etib tayinlanguniga qadar, Guliston shahar va Boyovut tumani Moliya bo‘limi rahbari, Guliston shahar hokimining birinchi o‘rinbosari kabi turli lavozimlarda ishlagan.