«Toshkent metropoliteni» 9 iyul — Qurbon Hayiti bayrami kunida tonggi soat 04:00 dan ishlay boshlaydi. Metropoliten matbuot xizmati bu bayram munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilinganini ma’lum qildi.

Poyezdlar ertalab 04:00 dan kechki soat 00:00 ga qadar o‘z ish faoliyatini olib boradi.

10-,11-,12 iyul kunlari esa dam olish kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida ya’ni soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.

Avvalroq, metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi sababli 11 iyuldan 18 iyulga qadar yopilishi, shuningdek, 11 iyuldan avgustga qadar yo‘nalishdagi poyezdlar soat 05:00 dan 23:00 gacha ishlashi xabar qilingandi.