Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida YPX xodimlari tomonidan 1 kg opiy giyohvand moddasini olib ketayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining 147-kilometrida viloyat YPXB 4-otryad inspektorlari ishtixonlik 1982 yilda tug‘ilgan A.Q. boshqaruvidagi «Nexia 2» mashinasini to‘xtatgan.

Hujjatlarni tekshirish paytida haydovchi o‘zini shubhali tutgani uchun mashina tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan. Mashinaning orqa o‘rindig‘i ostida 2 dona skotchga o‘ralgan to‘rtburchak bo‘laklar topilgan. Ularning ichida o‘tkir hidli modda daliliy ashyo sifatida olingan.

Haydovchi A.Q bo‘laklarga 1 kg opiy giyohvand moddasini joylanganini va ularni Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahriga olib ketayotganini ma’lum qilgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Xozirda holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB TB fuqaro A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyovandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro mazkur modda bilan o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.