Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 1 martdan amal qiluvchi kurslarini e’lon qildi.

  • 1 AQSh dollari 12,41 so‘mga ko‘tarildi va 10 872,41 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 10,62 so‘mga ko‘tarildi va 12 154,27 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 21,46 so‘mga pasaydi va 108,60 so‘mga teng bo‘ldi.

Ushbu valyuta kurslariga ko‘ra, rubl so‘mga nisbatan 16,5 foizga qiymatini yo‘qotgan. Yanvar-fevral oylarida rublning so‘mga nisbatan kursi 26,1 foizga arzonlagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,15 so‘mga ko‘tarilib, 10 860 so‘mga teng bo‘lgandi.