17 fevral kuni Samarqand shahar hokimligida o‘tkazilgan xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shahar hokimini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Samarqand shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Oblakulov Boburmirzo Salomovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Umarov Fazliddin Karimovich nomzodi Samarqand shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Fazliddin Umarov 2021 yilning yanvar oyi o‘rtalarida Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.