Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatida bo‘ladi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

«Bugungi kunda Samarqandda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Mahallabay tarzda aholi farovonligini oshirish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.

Tashrif davomida shunday islohotlar natijasi, yangi inshootlar qurilishi bilan tanishish rejalashtirilgan.