AQShdagi maktablaridan birida otishma yuz berdi

9 fevral kuni tushdan keyin AQShning Nyu-York shtati Buffalo shahridagi maktab hududida otishma sodir bo‘ldi, deya xabar berdi mahalliy politsiyaga tayanib RIA Novosti.

Xabarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs ta’lim muassasasi yaqinidagi avtoturargohda o‘t ochgan. Hozirgacha ikki nafar qurbon, jumladan bir o‘quvchi va maktab qo‘riqchisi borligi tasdiqlangan. Voqea joyida huquq-tartibot idoralari ishlayotgani ma’lum qilindi. Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.


Donald Trampning TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘i mart oyida ishga tushishi mumkin

AQShning 45-prezidenti Donald Trampning Trump Media & Technology Group kompaniyasi tomonidan yaratilgan TRUTH Social yangi ijtimoiy tarmog‘i mart oyining oxirigacha (AQSh foydalanuvchilari uchun) ishga tushiriladi. Bu haqda Fox Business telekanaliga tayanib Kommersant’ xabar berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda ijtimoiy tarmoqning beta-sinovi davom etmoqda. AppStore’dagi ma’lumotlarga ko‘ra, tarmoqning ishga tushirilishi bir oy oldin, 21 fevralda kutilgan edi. Ilovaga oldindan buyurtma berish mumkinligi aytildi.

Trampning matbuot kotibi Liz Xarrington avvalroq loyihaning maqsadi «Amerikadagi muxolifat ovozlarini o‘chirish uchun o‘z kuchlaridan foydalanadigan Kremniy vodiysidagi yirik texnologiya kompaniyalariga qarshi turish» ekanligini aytdi. Eslatib o‘tamiz, Twitter va Facebook Tramp sahifalarini uning tarafdorlari 6 yanvar kuni AQSh Kongressi binosiga bostirib kirgandan keyin bloklagan edi.


Putin va Tokayev Moskvada muzokaralarni boshladi

Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Qosim-Jomart Tokayev Moskvada muzokaralarni boshladi. Bu haqda Kommersant’ xabar berdi.

Ochilish nutqida Putin Rossiya va respublika rasmiylarining sa’y-harakatlari tufayli Qozog‘iston bugun oyoqqa turib olganini aytdi. Respublikadagi vaziyatni tartibga solishda asosiy rolni Qozog‘iston rahbariyati, huquq-tartibot idoralari va o‘z maqsadi, qasamyodi va Qozog‘iston xalqi uchun fidoyi qurolli kuchlari o‘ynadi, dedi davlat rahbari.

«Qozog‘iston yanvar oyida mamlakat ichidagi og‘ir vaziyatdan foydalangan xalqaro to‘dalarning qurboni bo‘ldi. Biz Yangi yil oldidan uchrashdik, hech narsa bunday voqealarning rivojlanishini bashorat qilmadi. Ammo shunga qaramay, vaziyat tiklandi, bilasizki, Rossiya KXSHT davlatlaridan biri sifatida shartnomaning 4-moddasiga muvofiq Qozog‘istonga yordam berdi», — dedi Rossiya prezidenti. Uning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘istondagi tartibsizliklar paytida yo‘qolgan hamma narsani tiklash uchun ko‘p harakat qilish kerak.

Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Qozog‘iston Rossiyaning eng yirik savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2021 yil yakunlariga ko‘ra, tovar ayirboshlash hajmi 34 foizdan ko‘roqqa o‘sib, 26 mlrd dollarni tashkil etdi.

Tokayev Rossiya prezidentiga KXSHT tinchlikparvar kuchlarini respublikaga yuborgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular tinchlikni ta’minlash, strategik obyektlarni himoya qilish va terrorchilarni qo‘rqitish nuqtai nazaridan muhim rol o‘ynagan.

«Biz dunyodagi eng uzun chegaraga egamiz va mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik, hamkorlikdan tashqari boshqa munosabatlar bo‘lishi mumkin emas. Shu bois, biz siz aytgandek ishlashda davom etamiz, bu borada men sizlarning fikringizga qo‘shilaman», — deya xulosa qildi Qozog‘iston Prezidenti.


Liviya bosh vaziri mashinasi Tripolida o‘qqa tutildi

Tripolida Liviya bosh vaziri Abdel Hamid Dbeybaning mashinasi o‘qqa tutildi. Bu haqda payshanba kuni Al Jazeera telekanali o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi.

Hozircha nima bo‘lganligi haqida rasmiy bayonotlar yo‘q. Liviya ommaviy axborot vositalari ham tom ma’noda parlamentda bosh vazirni qayta saylash bo‘yicha payshanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yig‘ilish arafasida sodir bo‘lgan voqea haqida hech narsa xabar qilmayapti, deyiladi xabarda.

Liviyada qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayib borayotgani aytildi. Liviya Vakillar palatasi (parlamenti) yangi hukumat rahbarini saylashni talab qilmoqda va Dbeyba vakolatlari mamlakatda prezidentlik hamda parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 24 dekabrda tugashini ta’kidlamoqda. Biroq Dbeyba iste’foga chiqmoqchi emas. U spiker Akila Solihni mamlakatni yana parchalashga urinishda aybladi.


Rossiya va Belarus «Ittifoqchilar qatiyati — 2022» qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshladi

10 fevral kuni Belarusda «Ittifoqchilar qatiyati-2022» rus-belarus harbiy mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar berdi Interfaks Rossiya Mudofaa vazirligiga tanib.

Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlar Belarus qurolli kuchlarining qo‘shma poligonlarida «mudofaa operatsiyasi davomida tashqi tajovuzni bostirish va qaytarish, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashish va Ittifoq davlatini himoya qilish vazifalarini ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilmoqda».

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlarda qisqa vaqt ichida 10 ming kilometrga yaqin masofada qayta to‘plangan Sharqiy harbiy okrugning boshqaruv organlari, bo‘linmalari va harbiy qismlari hamda Belarus Qurolli kuchlari ishtirok etmoqda.