DXX Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxsni qo‘la oldi.

Ta’kidlanishicha, Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro Rossiya Federatsiyasiga mavsumiy ishlash uchun borgan davrida internet tarmog‘i orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar ta’siriga tushib qolgan.

«Qo‘poruvchilik harakatini sodir qilish maqsadida Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Rossiya xavfsizlik tuzilmalari o‘tkazgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u Rossiyada qo‘lga olingan va O‘zbekistonga olib kelingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.