O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvi munosabati bilan Rossiyaga tashrif buyuradi.

Kreml saytida xabar berilishicha, prezidentlarning ushbu uchrashuvi Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

Tadbirda shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovlar ishtirok etadi.