Trastbank kapitalizatsiyasiga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng qimmat bank deb topildi. Tegishli statistika «Toshkent» respublika fond birjasi ma’lumotlariga tayanib Bankers.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, Trastbank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank O‘zbekiston bank tizimidagi eng qimmatlari deya topilgan. Uchinchi chorak yakuniga ko‘ra, ushbu banklar eng ko‘p daromad ko‘rgan banklar orasida ham yetakchilar qatorida bo‘lgan.

Umumiy ro‘yxatdan jami 17 ta bank o‘rin egallagan.

  1. Trastbank — 4,17 trln so‘m;
  2. O‘zsanoatqurilishbank — 3,17 trln so‘m;
  3. Ipoteka-bank — 3,14 trln so‘m;
  4. Agrobank — 3,05 trln so‘m;
  5. Mikrokreditbank — 2,20 trln so‘m;
  6. Turonbank — 1,50 trln so‘m;
  7. «Ipak Yo‘li» bank — 1,30 trln so‘m;
  8. Qishloq qurilish bank — 1,10 trln so‘m;
  9. Aloqabank — 957,52 mlrd so‘m;
  10. Orient finans bank — 903,44 trln so‘m;
  11. Hamkorbank — 776,64 mlrd so‘m;
  12. Kapitalbank — 376,04 mlrd so‘m;
  13. Universalbank — 180,12 mlrd so‘m;
  14. Savdogarbank — 130,0 mlrd so‘m;
  15. Turkistonbank — 117,49 mlrd so‘m;
  16. Madad Invest Bank — 100,0 mlrd so‘m;
  17. Ravnaq-bank — 100,0 mlrd so‘m.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning eng daromadli banklari ro‘yxatida eng daromadli banklar uchligiga faqat davlat ishtiroki yuqori bo‘lgan banklar — O‘zsanoatqurilishbank, O‘zmilliybank va Ipoteka-bank kirgan edi. Birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, Anor Bank 1,7 mlrd so‘m, Madad Invest Bank esa 7,8 mlrd so‘m zarar ko‘rgandi.