Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 24 noyabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 9,09 so‘mga ko‘tarildi va 10 765,12 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 12,35 so‘mga pasaydi va 12 121,53 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,46 so‘mga pasaydi va 143,72 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,70 so‘mga ko‘tarilib, 10 756,03 so‘mni tashkil etgandi.