Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 18 noyabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 14,46 so‘mga ko‘tarildi va 10 755,26 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 36,27 so‘mga pasaydi va 12 167,43 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,22 so‘mga pasaydi va 147,72 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,56 so‘mga ko‘tarilib, 10 740,80 so‘mni tashkil etgandi.