O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida 9:00 ga qadar 2 mln 439 ming 291 kishi ovoz berdi.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz berganlar Farg‘ona viloyatida qayd etilgan (16,9%). Eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida (7,2%).