O‘zbekiston prezidenti saylovlarida ro‘yxatga olingan saylovchilarning 64,2 foizi ovoz berdi.

15:00 holatiga ko‘ra, 12 mln 748 ming 549 kishi saylovda ishtirok etdi, deb xabar berdi MSK. Eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida (71,9%), eng past Toshkent viloyatida (53,7%).


Saylov uchastkalari ochilganidan buyon yetti soat ichida ro‘yxatga olingan 19 mln 859 ming 127 nafar saylovchidan 12 mln 748 ming 549 nafari ovoz berdi.

Ovoz berish jarayonlari 20:00 gacha davom etadi.