Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turk oshxonasining taomlari retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Turkcha laxmajun


Laxmajun — turk oshxonasiga mansub bo‘lgan, mashxur sharq taomidir. Qolaversa uni armancha, turkcha yoki arabcha pitssa ham deb atashadi.

Yasmiqli turkcha krem-sho‘rva


Turkiyada bu sho‘rvani juda ko‘p tayyorlashadi va har bir pazandaning o‘z retsepti bor. Ushbu xushbo‘y sho‘rva limon bo‘lagi bilan dasturxonga tortiladi — limon sho‘rvaga siqib iste’mol qilinadi.

Revani — turkcha mannik


Revani — bug‘doy yormasidan tayyorlaniladigan, ustiga qiyom quyiladigan juda mazali va sersuv pirogdir. Bu pishiriq barcha shirinliklarni sevuvchilarga yoqishi aniq.

Turkcha burek


Turk oshxonasining sevimli taomlaridan biri — turkcha burekdir. Bu pirogni har xil asoslardan pishirib, yangidan-yangi ta’mli taomlar bilan oila a’zolaringizni xursand qiling.

Turkcha simitlar


Simitlar deb, usti shirin qarsildoq, ichi esa momiqdek yumshoq pishiriqlarga aytiladi.

Turkcha yong‘oqli pirog


Nihoyatda yumshoq va mazali bo‘lib pishadigan mana bunday pirog sizga yoqishi shubhasizdir.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15