Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 7 oktabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 17,02 so‘mga pasaydi va 10 671,04 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 84,84 so‘mga pasaydi va 12 317,58 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,28 so‘mga pasaydi va 146,85 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,40 so‘mga ko‘tarilib, 10 688,06 so‘mni tashkil qilgandi.