Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda Osiyo oshxonasi taomlari retseptlarini taqdim etadi.

Tom Yam sho‘rvasi


Tom yam Tailandning eng mashhur sho‘rvalaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos ta’m va juda yoqimli hidi bilan qo‘pchilikka manzur keladi.

Xitoycha go‘sht


Xitoycha go‘sht — mamlakat oshxonasining klassik taomidir. Juda oson tayyorlanadigan go‘sht va sabzavotlar qovurmasi mazali va noodatiy ta’mga ega bo‘lib pishadi.

Asal va soya bilan marinadlangan tovuq qanotchalari


Tovuq qanotchalari uchun ajoyib marinad retseptini taqdim etamiz. Soya qaylasi, asal, sarimsoq va limon sharbati ta’mlari ushbu taomni yanada mazali qiladi.

Osiyocha uvra va frikadelkalar


Bunday g‘ayrioddiy frikadelkalarning siri uning maxsus qaylasidadir. Siz ushbu qaylani uyda bemalol tayyorlay olasiz. Faqatgina bizning retseptimizdan uni qanday tayyorlanishini bilib olsangiz bas.

Tovada pishirilgan achchiqqina tovuq


Ushbu taom ichi mayin va suvli, usti esa qarsildoq bo‘lib pishadi. Garniriga istagan mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin.

Kunjutli glazurda pishirilgan tovuq oyoqchalari


Kechki taom juda tez tayyorlanilishini istovchilarga bu retseptga e’tibor qaratishni tavsiya qilamiz. Kunjut solib pishirilgan tovuq oyoqchalarining ta’mi restoranlardagi osiyo taomlaridan umuman farq qilmaydi.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15