Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda qovoqdan tayyorlasa bo‘ladigan taom va desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Qovoqda pishirilgan jarkop


Qovoqda pishirilgan jarkopni tayyorlab siz oddiy taomni haqiqiy oshpazlik asariga aylantirasiz. Bu kuzgi oqshomlarda sizni isitadigan yorqin, xushbo‘y va mazali taomdir.

Tatarcha burma


Burma — qirim-tatarlarining an’anaviy taomidir. Masalliq, bizda bu qovoq, xamirga o‘ralib, pechda pishiriladi.

Qovoqli quyuq sho‘rva


Sizlarga kuzda sevib iste’mol qilsa bo‘ladigan, yorqin rangdagi qovoqli krem-sho‘rvani tayyorlashni maslahat beramiz.

Qovoqli rulet


Qovoqli pyuredan tayyorlangan rulet yumshoq va juda shirin bo‘lib chiqadi. Qaymoqli pishloqdan tayyorlangan krem esa chizkeyk ta’mini eslatadi.

Qovoqli sinnabon


Uyda qovoq bo‘lsa, unda siz bunday bulochkalarni tayyorlab ko‘rishingizga maslahat beramiz. Bulochkalar gaz pechidan nozik, yumshoq va hatto quyosh kabi yorqin bo‘lib chiqadi.

Qovoqli gulsimon somsalar


Kuzda, qovoqlar pishgan pallada, qovoqli somsalar bilan to‘yib olish ayni vaqti keladi. Biz sizga gulsimon qovoqli somsalarni tayyorlashni tavsiya etamiz.

Qovoqli pyuredan tayyorlangan keks


Qovoqli pyuredan tayyorlangan keks juda shirin va mayin bo‘lib chiqadi. Pishganidan so‘ng uning ichiga qovoq solingan deb hech kim o‘ylamasligi aniq.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15