Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda olxo‘ridan tayyorlasa bo‘ladigan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Olxo‘rili pirog


Olxo‘rilar g‘arq pishgan mahalda mana shunday, ifodalab bo‘lmaydigan darajadagi mazali pirogni tayyorlab, oila a’zolaringizni mamnun qiling.

Olxo‘ri va tvorogli galetalar


Ushbu galetalar tvorogga qorilgan xamir sabab juda mayin bo‘lsa, ichiga solingan olxo‘rilar esa pishiriqqa nafis ta’m bag‘ishlaydi. Bunday pishiriqlar dasturxonga ham o‘zgacha ko‘rk beradi

Olxo‘rili quyma pirog


Olxo‘ridan tayyorlangan quyma pirog oila a’zolaringizga xush kelib, kuzning sevimli pishirig‘iga aylanishi aniq.

Olxo‘ri va shokoladli pirog


Shokolad solingan xamir va olxo‘ri birgalikda takrorlanmas ta’mni hosil qilishini bilarmidingiz? Unday bo‘lsa, siz ham ushbu pirogni tayyorlab ko‘ring.

Olxo‘rili brauni-chizkeyk


Brauni va chizkeyk — eng ko‘p sevib iste’mol qilinadigan shirinliklardan biridir. Agar mana shu ikki xil ajoyib shirinликниva mazali olxo‘rilarni birlashtirsak, natijasi hammani lol qoldirishi aniq.

Olxo‘rili sochma pirog


G‘arq pishgan, sersuv va mazali olxo‘rilar — sochma pirog uchun ajoyib asos bo‘la oladi. Pishirig‘imizda shirin xamir va olxo‘rilarning nordon ta’mi bir-birini ajoyib tarzda to‘ldirib turadi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15