Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 7 sentyabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 14,07 so‘mga ko‘tarildi va 10 685,07 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 57,24 so‘mga ko‘tarildi va 12 673,56 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,76 so‘mga ko‘tarildi va 146,41 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 17,82 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 671,00 so‘mni tashkil qilgandi.