Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 31 avgustdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 1,29 so‘mga ko‘tarildi va 10 653,18 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 46,29 so‘mga ko‘tarildi va 12 570,75 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,89 so‘mga ko‘tarildi va 144,71 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 11,15 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 651,89 so‘mni tashkil qilgandi.