Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rejabboyev o‘z lavozimidan ozod kilindi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

10 avgust kuni «Muxbir Daliyev» Telegram-kanalida Sardor Rejabboyev Andijon tumanida joylashgan uchastkasida tuman obodonlashtirish xodimlarini bahor oyidan kuzgacha ishga jalb qilganligi malum bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq Bosh prokuratura holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangandi.

Bugun xizmat tekshiruvi yakunlangani haqida xabar berildi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, bosh prokurorning 23 avgust kungi buyrug‘iga asosan Sardor Rejabboyevga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan va u Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori lavozimidan ozod kilingan, deyiladi xabarda.