Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 24 avgustdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 0,54 so‘mga ko‘tarildi va 10 641,14 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 51,71 so‘mga ko‘tarildi va 12 475,67 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,76 so‘mga ko‘tarildi va 143,63 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 8,60 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 640,60 so‘mni tashkil qilgandi.