Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 4 avgustdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 7,02 so‘mga pasaydi va 10 646,98 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 20,06 so‘mga pasaydi va 12 653,94 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,17 so‘mga ko‘tarildi va 146,20 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 11,57 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 654,00 so‘mni tashkil qilgandi.